• eye Maxsus imkoniyatlar
Diqqat e'lon: Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tadi
15.04.2022
229
15-aprel soat 15:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi yarim yillik ish rejasi 1-chorak yakunlari, shuningdek, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi va mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini manzilli o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan.

Mazkur majlisda ishtirok etish istagida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillarini ertaga, 14-aprel soat 16:00 ga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so'raymiz. 

https://t.me/mskmatbuotxizmati_bot