Maqolalar

Zamonaviy demokratik jamiyatda omma uchun yopiq yoki jamoat nazoratidan xoli tarzda mavjud bo‘la oladigan davlat hayotining biror bir sohasi yoki instituti yo‘q. Hokimiyat jamiyatdan nimanidir yashirgan yoki yetarli va xolis bo‘lmagan axborotni bera boshlagan zahotiyoq uning faoliyati shubha ostiga olinadi. O‘z navbatida, davlat hokimiyati organlarining shaffofligi (oshkoraligi) – bu faqatgina davlatning fuqarolik jamiyati oldidagi majburiyati emas, balki hukumat faoliyatining ushbu jamiyatdagi legitimligi (qonuniyligi)ning muhim sharti ham sanaladi.

Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar.

Muhabbat – insonga ato etilgan eng oliy tuyg‘u. Ikki qalbning o‘zaro mehr rishtalari bilan bog‘lanishi oila atalgan tabarruk qo‘rg‘onni bunyod etadi. Bu qo‘rg‘on mustahkam bo‘lsa, hayot undan ne’matlarini ayamaydi. Agar unga darz yetsa, shu ondan oiladagilar uchun arosatli kunlar boshlanishi muqarrar.

Даҳо даражасига етишган зотлар ўзлари туғилиб ўсган жой, ўзлари мансуб бўлган миллатни мукаррам этадилар – дунёга танитадилар. Мисол тариқасида мусулмон оламида машҳур Имом Бухорий, Имом ат-Термизий, Абдулхолиқ Ғиждувоний, Баҳоуддин Нақшбандий, аз-Замахшарий ва яна ўнлаб бобокалонларимизнинг номларини келтиришимиз мумкин. Хусусан, Муҳаммад Мусо Хоразмий, Аҳмад Фарғоний, Ибн Сино, Абу Райҳон Беруний, Амир Темур, Мирзо Улуғбек, Алишер Навоий, Заҳириддин Муҳаммад Бобур каби буюк аждодларимиз инсоният тараққиётига, хусусан, илм-фан, маънавият ва маърифатнинг юксалишига улкан ҳисса қўшган.

Jazirama kunlar boshlanishi bilan shahar-qishloqlarimizda chanoqovbosdi ichimliklar, meva sharbati iste’molining foydasiyu savdosiga bag‘ishlangan rang-barang reklama lavhalari ko‘paydi. Sarxil mevalari bilan yetti iqlimga dong‘i ketgan O‘zbekistonday jannatmonand mamlakatda bu tabbiy hol. Shukrki, sohibkorlarimizning say’-harakati bilan yurtimizda endilikda to‘rt faslda ham pishiqchilik.

Men bugun 1-Ukraina fronti tarkibidagi 307-o‘qchi deviziyasi, 109-o‘qchi polkining katta serjanti Elchiboy Abdusalomovning qariyb to‘rt yilga cho‘zilgan qirg‘inbarotda necha dushmanni yer tishlatib, ne bir jasoratlarga noyil bo‘lgani, qanday jangovar va davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilganini birma-bir sanamoqchi, uni ko‘klarga ko‘tarib, maqtamoqchi emasman.

Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, ilmiy-amaliy va ijodiy izlanishlar davom etmoqda.

“Xitoyda orttirgan tajribasi Sharif Shirinboyevning Erondagi faoliyatida juda qo‘l keladi, - deydi Xudoyberdi aka Sohibov. - Fors kurfazida u endi “samarqandlik Xudoyberdiboyning o‘g‘li Abduqodirboy” sifatida taniladi”.

Yo‘q, bu, shunchaki, rasmi mulozamat uchun tanlangan balandparvoz gap emas. Bu – Ikkinchi jahon urushi yillarining “ko‘z ilg‘amas janggohlari”da jasorat ko‘rsatgan jasur o‘zbek razvedkachilaridan biri- Sharif Shirinboyevning eng sevimli iborasi, eng qaltis vaziyatlarda taqdirini hal qilgan kalom, hayotida bir umr qat’iy amal qilib yashagan dastur.

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist
Mirzo Ulugʼbek АBDUSАLOMOV bilan suhbat.