• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  hamda “VoteWatch Europe” analitik markazi vakillari ishtirokida “COVID-19 sharoitida saylovlar. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari va Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Shu yilning 5-6 aprel kunlari Hindistonning Assam, Kerala, Tamil Nadu, Gʻarbiy Bengaliya va Paducherri shtatlari qonunchilik assambleyasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.  
Joriy yilning 4 aprel kuni Bolgariya Milliy Majlisiga (parlamentiga) saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov uchastkalari o‘z faoliyatini mahalliy vaqt bilan soat 07: 00da boshlab, 20:00 gacha davom ettirdi.
Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov va MSK a’zosi S.Kurbankulovlar Qirg‘iz Respublikasiga tashrifi doirasida MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Bosh kotibi D.Kobiskiy bilan uchrashdilar.
2021-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev hamda Litva Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Laura Matyoshaytite o‘rtasida videomuloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 11 mart kuni MSK raisi Z.Nizamxodjayevning BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 12 mart kuni MSK raisi Z.Nizamxodjayevning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Kristine Berzinya bilan bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyumning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa orqali tashkil etilgan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda USAIDning Demokratiya va boshqaruv masalalari bo‘yicha ofisi direktori Dana Bigan ishtirok etdi.